Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ko‘p beriladigan savollar




Buxgalteriya 3

  • Asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarga tushuncha bering.


    “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel') muvofiq, xo‘jalik yurituvchi sub'ektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.

  • Mijoz hisobvaraq ochish uchun arizani, imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchani hamda bank bilan tuzilgan hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatish shartnomasini o‘zining muhri bilan tasdiqlashi shartmi?


    “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel') 7-bandiga muvofiq banklar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlaridan hujjatlarga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab etish taqiqlanadi. Shunga ko‘ra mazkur yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun imzo namunalari qo‘yilgan varaqchada muhr izi uchun alohida joy ko‘rsatilmagan. Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan bankka taqdim etiladigan hujjatlarga muhr qo‘yib tasdiqlash tadbirkor sub'ektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

  • Masofadan turib (onlayn) hisobvaraq ochish mumkinmi?


    “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel'):

    82-bandiga asosan banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikasiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, ta'sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.

    17-bandiga asosan jismoniy shaxslar o‘zlari tanlagan bank (filial)da belgilangan tartibda depozit hisobvaraq ochganlaridan so‘ng shu bank (filial)da bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalangan holda boshqa depozit hisobvaraqlarni ochishlari mumkin.

USD = 12559.86
-10.14
EUR = 13690.25
-8.54
RUB = 136.62
-0.29
GBP = 15994.98
-34.28
JPY = 84.17
-0.35
CHF = 14206.38
-29.18
CNY = 1744.86
-1.87
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X