Ko‘p beriladigan savollar
- Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish 4
- Boshqa savollar 1
- Buxgalteriya 3
- Kadrlar bilan ishlash 3
- Kredit tashkilotlari prudensial nazorati 4
- Kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish 3
- Naqd pul muomalasi 11
- Pul-kredit siyosati 2
- To'lov tizimlari 26
Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish 4
-
Chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan iste'mol krediti beriladimi ?
O‘zbekiston Respublikasining “Iste'mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, tijorat banklari tomonidan aholiga chet elda ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlarini sotib olish uchun iste'mol kreditlari ajratilmaydi.
-
Kredit ajratilayotganda qarz oluvchilarga bank tomonidan faqat ma'lum bir sug‘urta kompaniyasi yoki baholovchi tashkilotning xizmatidan foydalanishi zarurligi yuzasidan talab qo‘yish to‘g‘rimi?
Noto‘g‘ri. “Bank xizmatlari iste'molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, bank qarz oluvchining sug‘urta kompaniyasi va baholovchini tanlash huquqini cheklamasligi lozim.
-
Bank qarz oluvchilardan kredit to‘lovlarini faqat naqd pulda to‘lanishini talab qilishi to‘g‘rimi?
Qarz oluvchilarga nisbatan bank tomonidan berilgan kreditlar uchun to‘lovlarni faqat naqd pul shaklida to‘lash lozimligi bo‘yicha talab belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi (“Bank xizmatlari iste'molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi Nizom).
-
Tijorat bankining fuqaroga kredit olish uchun doimiy ro‘yxatda turgan aholi punktida joylashgan bank muassasasiga murojaat etishi kerakligi to‘g‘risidagi talabi to‘g‘rimi?
Yashash joyidan qat'i nazar iste'molchi-jismoniy shaxs kredit olish uchun o‘zi tanlagan bankka murojaat etishga haqli. Bu “Bank xizmatlari iste'molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.