Ko‘p beriladigan savollar
- Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish 4
- Boshqa savollar 1
- Buxgalteriya 3
- Kadrlar bilan ishlash 3
- Kredit tashkilotlari prudensial nazorati 4
- Kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish 3
- Naqd pul muomalasi 11
- Pul-kredit siyosati 2
- To'lov tizimlari 26
Kredit tashkilotlari prudensial nazorati 4
-
Kredit to‘lovlarini muddati qanday tartibda uzaytiriladi?
Tijorat banklari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining asoslantirilgan murojaatlari va ularning pul oqimlari tahlili asosida kredit shartnomalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda kredit to‘lovlarining muddatlari uzaytirib beriladi.
-
Pandemiya sharoitida muddati uzaytirilgan kredit foizlari va asosiy qarz summasi qanday to‘lanadi?
Mijozlarning oylik to‘lovlarini keskin ortib ketishini oldini olish maqsadida kredit to‘lovlarini qaytarish grafiklarini qarzdorlarning pul oqimi va qarz yuki tahlilidan kelib chiqqan holda qaytadan tuziladi.
-
Omonatlar bo‘yicha foizlar qanday o‘rnatiladi?
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 62-moddasiga muvofiq, kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bank omonatlari bo‘yicha omonatchiga bank tomonidan to‘lanadigan foiz daromadlarining manbai ushbu mablag‘larni kreditlarga joylashtirish orqali undan olinadigan foizli daromadlar bo‘lganligi sababli omonatlar va kreditlar bo‘yicha foizlar bir-biriga mos holatda oshishi yoki pasayishi mumkin.
-
Nega kreditlar foizi yuqori?
Banklar tomonidan amaldagi bozor kon'yukturasidagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari hamda bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 62-modda asosan mustaqil ravishda belgilanadi.
Shuningdek, kredit foizlarini belgilanishiga banklar tomonidan jalb qilingan depozitlarning narxi (foizi) bevosita ta'sir qiladi.