Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8158

Milliy banklararo protsessing markazi – «HUMO» to‘lov tizimi

Yangilangan sana: 28 Fev 2020, 11:43

MBPM har bir mijoz uchun bank-hamkorning mijozlarini tranzaksiyalari kliringi va avtorizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash va tashkil qilish bo‘yicha alohida kompleks yechim taqdim qiladi. «HumoCard» – bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib,O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

To‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va/yoki to‘lov tashkilotlarining ushbu to‘lov tizimi operatori tomonidan o‘rnatilgan tartib-taomillar, infratuzilma va qoidalarni qo‘llash orqali o‘zaro hamkorligi yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmui to‘lov tizimi hisoblanadi.

Humo – davlat xududida pul harakatini va xorijiy to‘lov tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydigan hisob-kitoblar ishtirokchilari, to‘lov instrumentlari va vositalari, dasturiy-texnik vositalar, shuningdek, banklararo pul o‘tkazmalari tizimlari majmuidir.

Humo to‘lov tizimining Operatori xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, MasterCard, UnionPay International) bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Natijada Humo bank kartalari bilan xorijda chet el valyutasida operatsiyalarni o‘tkazish va yuqorida keltirilgan tizimlarning xorijiy banklarning kartalari orqali O‘zbekistonda operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Banklarning «HumoCard» to‘lov tizimiga a’zo bo‘lishi ixtiyoriydir.


USD = 12825.01
+12.71
EUR = 13552.19
+19.84
RUB = 128.62
+0.25
GBP = 16199.27
-10.85
JPY = 82.86
+0.39
CHF = 14475.18
+53.41
CNY = 1770.85
-1.91
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X