Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Akademik olim bilan suhbat

Yangilangan sana:  5 Mar 2020, 12:35
5 Mar 2020

Markaziy bankda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupov bilan muloqot tashkil etildi. Unda Markaziy bankning stipendiatlari va yosh mutaxassislari qatnashishdi.

Muloqot Markaziy bank, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan bank tizimi hamkorligida matematika sohasini rivojlantirish hamda ushbu fan yutuqlaridan amaliyotda foydalanishni kengaytirish maqsadida yoshlarda mazkur fanga qiziqishni kuchaytirish va olimlar, yosh tadqiqotchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar doirasida o‘tkazildi.

Matematik bilimlar barcha yutuqlarimizning asosiga aylanmoqda. Insonning mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyat va yaxshi hayot kechirishi, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi matematik bilimlarni nechog‘li o‘zlashtirishi, hayotiy algoritmlarni ishlab chiqishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Matematik bilimlar shaxsning intellektual o‘sishi, mulohaza qilish ko‘lamini oshirishi va umuman jamiyat savodxonligini oshirishda beqiyos ahamiyatga ega. Binobarin, mamlakatimizda 2020 yil – Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida ushbu fanga bo‘lgan e’tiborning ortishi sababi ham ana shunda.

Muloqot davomida akademik olim o‘z hayot yo‘li, shaxsiy va ilmiy qarashlari, jamiyat va islohotlar xususidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X