Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank barcha tijorat banklariga bank xizmatlarida adolatsiz va insofsiz amaliyotlarga chek qo‘yish bo'yicha navbatdagi talabnomani yubordi.

Yangilangan sana: 12 Dek 2025, 12:04
12 Dek 2025
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ayrim banklar mobil ilovalarda:
 • iste’molchining faqat bitta xizmatdan foydalanish istagiga qaramay, “bosh oferta” orqali bir nechta xizmatlarga majburan rozilik olish,
 • kredit kartasi muddati o‘tganda kartani avtomatik bloklash va tushgan mablag‘dan asoslanmagan komissiya undirish kabi amaliyotlarni qo‘llab kelmoqda.  

Bunday holatlar adolat va oqilona yondashuv tamoyillariga zid bo‘lib, qonunchilikda belgilangan iste’molchi huquqlarining buzilishiga olib keladi. Markaziy bank ushbu amaliyotlarni mazmunan insofsiz amaliyot deb baholaydi.  

Shu munosabat bilan Markaziy bank barcha tijorat banklaridan talab qiladi:
 • ofertalarni faqat tanlangan xizmat doirasida, aniq va oshkora taqdim etish;
 • ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilmaslik;
 • komissiyalarni belgilashda: adolat va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish.  

Batafsil 

USD = 12084.95
-51.97
EUR = 14182.90
-8.8
RUB = 159.31
-0.68
GBP = 16350.94
+34.06
JPY = 76.48
0
CHF = 15276.13
-21.22
CNY = 1735.57
-6.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X