Xalqaro standartlar va FATFning roli
JFODL/TM/OQQTMQK sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiquvchi va muvofiqlashtiruvchi asosiy tuzilma — Moliyaviy harakatlar boʻyicha ishchi guruh (Financial Action Task Force, FATF) hisoblanadi. 1989-yilda tashkil etilgan FATF 40 ta tavsiya ishlab chiqqan boʻlib, ular mamlakatlarga samarali milliy tizimni yaratish va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan talablarni belgilaydi. Shuningdek, FATF oʻzaro baholash jarayoni orqali mamlakatlarning mazkur standartlarni joriy etish va qoʻllash samaradorligini baholaydi. Bu baholash natijalari mamlakatning nufuziga, xalqaro hamkorlik imkoniyatlariga va moliyaviy bozorlarda ishtirok etishga taʼsir koʻrsatadi.