Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi nizom boʻyicha sharh

Yangilangan sana: 31 Okt 2025, 13:02
31 Okt 2025

Markaziy bank boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligida 2025-yil 28-oktabrda 3697-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Qayd etish joizki, 2024-2025 yillarda o‘tkazilgan Moliyaviy sektor holatini baholash dasturi (FSAP) doirasida banklar kapitali monandligiga oid amaldagi talablarning Bazel qo‘mitasi “Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillari”ga, shu jumladan 16-asosiy tamoyilga (kapital monandligi) muvofiqligi baholandi hamda bir qator takliflar berildi.

Shundan kelib chiqib, banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlash, stress holatlariga nisbatan banklar bardoshliligini oshirish hamda kapital monandligiga qo‘yiladigan talablarni Bazel III standartiga yanada muvofiqlashtirish maqsadida mazkur hujjat ishlab chiqildi.

Mazkur hujjatga muvofiq regulyativ kapital tarkibiga kiruvchi I darajali asosiy va qo‘shimcha kapital hamda II darajali kapital uchun belgilangan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, regulyativ kapital talablariga qo‘shimcha ravishda konservatsion, kontrsiklik, tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferlari joriy etildi.

Shuningdek, kredit, bozor va operatsion tavakkalchiliklar hisob-kitoblari Bazel III talablari asosida takomillashtirildi. Shu bilan birga, kredit tavakkalchiligini kamaytirish (credit risk mitigation) maqsadlarida ta’minot vositalari uchun qo‘yiladigan talablar belgilandi.

O‘z navbatida, mazkur hujjat bilan mikromoliya banklariga nisbatan kapital monandligiga doir talablarni soddalashtirilgan tartibda belgilash nazarda tutilmoqda.

Mazkur hujjatning qabul qilinishi banklarning kutilmagan shoklarga nisbatan bardoshliligini yanada oshirishga hamda umumiy bank tizimi moliyaviy barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Hujjat bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

USD = 11972.35
-17.65
EUR = 13852.01
-14.43
RUB = 147.52
-0.03
GBP = 15702.93
-39.94
JPY = 77.32
-0.37
CHF = 14978.54
+52.61
CNY = 1682.12
-1.82
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X