- Rahbar: Zokirxo‘jayev Azizxon Axrorxonovich
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71-212-61-09Vazifa va funksiyalar
DEPARTAMENTNING ASOSIY VAZIFALARI:
- Markaziy bank hisob siyosatini ishlab chiqish, moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish;
- Markaziy bank va kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
- Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasida bank mijozlariga xos raqam berish hamda ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritishni ta'minlash;
- Davlat tashkilotlari bilan hisob-kitob va hisobotlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
DEPARTAMENTNING ASOSIY FUNKSIYАLARI:
- Markaziy bank moliyaviy hisobotini tuzish va mablag‘larni hisobvaraqlarda to‘g‘ri aks ettirilishini ta'minlash;
- tijorat banklari tomonidan kunlik elektron balans hisobotlari o‘z vaqtida taqdim qilinishini nazorat qilish;
- Davlat tashkilotlari bilan hisob-kitob va hisobotlari bo‘yicha me'yoriy hujjatlar va ko‘rsatmalarni banklar tomonidan ijro etilishini muvofiqlashtirish;
- Markaziy bankning yig‘ma nomenklaturasini ishlab chiqish, Markaziy bank Bosh boshqarmalarda arxiv ishini yuritish ahvolini o‘rganish.