Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasi haqida
Markaziy bankning Moliyaviy monitoring departamenti tijorat banklari, toʻlov tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JFODL/TM/OQQTMQK) sohasida nazorat olib boradi.
Departamentning asosiy vazifalari – Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning JFODL/TM/OQQTMQK sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, sohaga oid qonun va qonun osti hujjatlarini FATF tavsiyalariga moslashtirish va risklarni minimallashirish.