Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

EAG va O‘zbekistonning o‘zaro baholashi

Yangilangan sana: 23 Sen 2025, 18:17

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi (Eurasian Group, EAG) — bu Moliyaviy harakatlar boʻyicha ishchi guruh (Financial Action Task Force, FATF) turida faoliyat yurituvchi mintaqaviy tuzilma bo‘lib, Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlarini jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JFODL/TMQK) sohasida yagona standartlarni rivojlantirish maqsadida birlashtiradi.

EAG quyidagi yo‘nalishlarda a’zo davlatlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradi:

  • FATFning xalqaro standartlarini joriy etish;
  • moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini oshirish;
  • shubhali tranzaksiyalar haqida ma’lumot almashish;
  • o‘zaro baholashni o‘tkazish — milliy tizimning JFODL/TMQK samaradorligini chuqur tekshirish.

O‘zbekiston 2005-yildan buyon EAGning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi va metodologiyalar hamda amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.

O‘zaro baholash — milliy JFODL/TMQK tizimining FATFning xalqaro standartlariga muvofiqligini kompleks tekshirish hisoblanadi.

Baholash jarayoni ikki asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  1. Texnik muvofiqlik — milliy qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar va tartibga soluvchi jarayonlar FATFning 40 tavsiyasiga qay darajada muvofiq ekani tekshiriladi.
  2. Tizim samaradorligi — amaldagi JFODL/TMQK mexanizmlari qanday ishlashi tahlil qilinadi, jumladan:
    • shubhali operatsiyalarni aniqlash va tergov qilish;
    • banklar, fintech-kompaniyalar va boshqa subyektlar ustidan nazorat;
    • risklarni boshqarish;
    • idoralararo hamkorlik va xalqaro hamkorlik.

Baholash natijalari mamlakatning nufuziga, uning risk-profiliga hamda xalqaro banklar va investorlar bilan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi.


USD = 12097.93
+50.48
EUR = 14194.50
+95.37
RUB = 151.77
-0.13
GBP = 16190.66
+80.81
JPY = 77.61
+0.32
CHF = 15219.44
+124.28
CNY = 1714.63
+7.73
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X