O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank
2025-yil 5-avgust kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi.
Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.
Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:
DQQ turi: qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;
identifikatsion raqam: 24128UMFS;
ISIN kod: UZA000004715
bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
auksion o‘tkazish sanasi: 2025-yil 5-avgust;
muomala davri boshlanish sanasi: 2025-yil 7-avgust;
chiqarilish hajmi: 300 000 000 000 (uch yuz milliard) so‘m;
muomala davri: 364 kun;
majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2026-yil 6-avgust;
majburiyat bo‘yicha daromad turi: diskont;
daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farq.
Auksion o‘tkazish shartlari:
arizalarni qabul qilish vaqti: 11:30 – 12:00;
arizalarni qondirish vaqti: 12:00;
to‘lov valyutasi: so‘m;
auksion bo‘yicha hisob-kitoblar Т+2 rejimida amalga oshiriladi;
auksion savdolarida faqat birlamchi dilerlar ishtirok etishi mumkin;
Ushbu DQQni maksimal hajmi 1 000 000 000 000 (bir trillion) so‘m bo‘lgunga qadar qo‘shimcha joylashtirilishi mumkin;
auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.