Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank va Standard Chartered banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 30 Yan 2025, 11:10
29 Yan 2025

Markaziy bank rahbariyati va Buyuk Britaniyaning Standard Chartered banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda joriy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, xususan, xalqaro zaxiralarni boshqarish masalalari muhokama etildi. 

Tomonlar jahon bozorlaridagi so‘nggi tendensiyalar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga xizmat qiluvchi tashqi qarzni jalb qilish imkoniyatlari haqida o‘zaro fikr almashdilar. 

Shuningdek, uchrashuvda moliyaviy ommaboplikni yaxshilash va tadbirkorlik faolligini oshirish uchun kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, kapital bozorini rivojlantirish hamda mahalliy kompaniyalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar mamlakatning investitsiya salohiyatini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning yanada barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.

USD = 12913.19
+4
EUR = 13908.80
-26.67
RUB = 154.17
+0.87
GBP = 16685.13
+20.66
JPY = 85.56
-0.44
CHF = 14602.73
-5.38
CNY = 1777.33
+0.33
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X