Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida amaliy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti

Yangilangan sana: 14 Apr 2026, 14:19
14 Apr 2026

Joriy yilning 9-aprel kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda yosh mutaxassislar hamda Markaziy bank stipendiatlari uchun navbatdagi amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ishtirokchilarga qimmatli qog‘ozlar bozorining depozitariy bosqichida amalga oshiriladigan jarayonlarni nazariy bilimlar bilan uyg‘un holda tushuntirish hamda ularni amaliy simulyatsiya orqali bevosita sinab ko‘rish imkoniyatini yaratishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirning nazariy qismi doirasida ishtirokchilar Markaziy depozitariyning faoliyati, uning mamlakat moliya tizimidagi o‘rni hamda qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Xususan, depozitariy tomonidan mijozlarga kapital bozori talablari va xalqaro standartlarga muvofiq kafolatlangan hamda sifatli depozitar va bitimlardan keyingi jarayonlar (post-treyding) xizmatlari ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida Markaziy depozitariyning rivojlanish strategiyasi va transformatsiya jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yagona hisob infratuzilmasini shakllantirish, post-treyding xizmatlarini yagona platforma asosida tashkil etish, zamonaviy depozitar texnik majmua yaratish hamda yangi xizmatlarni joriy etish orqali bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.

Amaliy bosqichda mashg‘ulot ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasining aynan depozitariy bo‘g‘inida yuz beradigan jarayonlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ldilar. Simulyatsiya muhitida ular qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tizimga kiritish, emitentlar va depo hisobvaraqlarini yuritish, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish jarayonlarini bosqichma-bosqich bajarib ko‘rdilar.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga post-treyding jarayonlari - ya’ni qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, depo hisobvaraqlari o‘rtasida o‘tkazmalarni qayd etish hamda qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish mexanizmlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Mazkur yondashuv orqali qatnashchilar savdo jarayonining o‘zidan ko‘ra, uning ortida turuvchi hisob, saqlash va huquqlarni tasdiqlash tizimlarining naqadar muhim ekanini chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar.

Markaziy bank mazkur formatdagi mashg‘ulotlarni doimiy asosda yo‘lga qo‘yib, yosh mutaxassislarning bozor infratuzilmasini chuqurroq o‘rganishlariga sharoitlar yaratib boradi.

USD = 12141.38
+15.28
EUR = 14313.47
+141.7
RUB = 160.26
+1.15
GBP = 16443.07
+157.72
JPY = 76.37
+0.46
CHF = 15551.91
+212.13
CNY = 1781.18
+6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X