Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Nasiya savdo faoliyatiga ixtisoslashgan tashkilotlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

Yangilangan sana: 28 Fev 2025, 14:35
28 Fev 2025
Markaziy bankda nasiya savdo faoliyatiga ixtisoslashgan tashkilotlar, tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va auditorlik kompaniyalari vakillari ishtirokida nasiya savdo faoliyati (BNPL) yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda nasiya savdo bozori hajmi ortib, aholi orasida ushbu xizmat ommalashayotgani, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, aholining moliyaviy savodxonlik darajasi yetarli bo‘lmagani uchun qarz yuki darajasi keskin ortib borishi holatlari hamda bu yo‘nalishdagi xalqaro tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Markaziy bank tomonidan nasiya savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlarga o‘zaro hamkorlikni davom ettirish hamda davra suhbatlarini davriy o‘tkazib borish taklif etildi. Bu taklif ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va fikr almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
USD = 12170.67
+20.83
EUR = 14048.60
+44.69
RUB = 152.30
+1.2
GBP = 16107.88
+67.66
JPY = 76.26
+0.12
CHF = 15249.56
+58.46
CNY = 1768.68
+6.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X