Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Valyuta bozorini rivojlantirishni takomillashtirish: Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi yakunlari

Yangilangan sana: 31 Mar 2026, 21:04
31 Mar 2026

Joriy yilning 18–27-mart kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari tomonidan Markaziy bankda “Erkin suzuvchi valyuta kursi tizimiga o‘tish” mavzusida texnik ko‘mak missiyasi o‘tkazildi. Missiya doirasida XVJ xalqaro ekspertlari Markaziy bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, valyuta bozorida amalga oshirilgan so‘nggi o‘zgarishlar, mavjud muammolar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari o‘z xulosalarida O‘zbekiston valyuta bozorining rivojlanishi va me’yoriy-huquqiy asoslarida qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ta’kidladilar. Xususan, tashqi sektorning izchil diversifikatsiya qilinayotgani, shuningdek ichki valyuta bozori bosqichma-bosqich yanada takomillashib borayotgani alohida e’tirof etildi. So‘nggi tashabbuslar bozor infratuzilmasini mustahkamlash hamda bozor ishtirokchilari uchun mavjud moliyaviy instrumentlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Mazkur o‘zgarishlar narx shakllanishi tobora ko‘proq ma’muriy choralar emas, balki iqtisodiy asosiy omillarga tayanadigan bozor mexanizmlariga asoslangan valyuta bozorini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, XVJ ekspertlari valyuta bozorini yanada rivojlantirish jarayonida ayrim tarkibiy muammolar saqlanib qolayotganini ham ta’kidladilar. Xususan, mahalliy moliya bozorlarida xorijiy investorlar ishtiroki hali ham cheklangan bo‘lib, pensiya jamg‘armalari, sug‘urta kompaniyalari va investitsiya fondlari kabi institutsional investorlar bazasi hali shakllanishning dastlabki bosqichida turibdi. Ularning ta’kidlashicha, ushbu segmentlarni rivojlantirish bozor likvidligini oshirish va moliya tizimida risklarni samaraliroq taqsimlash imkonini beradi.

Valyuta bozorining keyingi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda yanada moslashuvchan valyuta kursi tizimiga o‘tishni ta’minlash maqsadida XVJ ekspertlari bir qator tavsiyalarni taqdim etdilar. Jumladan:

—     Valyuta bozorida “market-meykerlik” dasturi talablarini qayta ko‘rib chiqish. Mazkur amaliyot narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllanishini kuchaytiradi.

—     Banklarga ochiq valyuta pozitsiyalarini samaraliroq boshqarish hamda valyuta risklarini xedjirlash imkonini beruvchi derivativ instrumentlardan foydalanishni rag‘batlantirish.

—     “Close-out netting” amaliyotlarini joriy etish. Bu esa kontragent risklarini kamaytirish va moliya bozori operatsiyalarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

—     Ichki valyuta bozori ishchi guruhi doirasida kommunikatsiyani kuchaytirish.

—     Banklararo bozorda likvidlikni samarali boshqarish va bozorni yanada takomillashtirishga qaratilgan qisqa muddatli valyuta instrumentlarini kengaytirish, jumladan, bir kunlik forvard shartnomalari hamda xorijiy valyutadagi svop operatsiyalarini joriy etish.

Bunday instrumentlarning rivojlanishi moslashuvchan valyuta kursi rejimini qo‘llab-quvvatlay oladigan zamonaviy va barqaror valyuta bozori infratuzilmasini shakllantirishda muhim qadam sifatida baholanadi.

Valyuta bozorining izchil rivojlanishi hamda yanada moslashuvchan valyuta kursi tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bir qator makroiqtisodiy afzalliklarni ta’minlashi kutilmoqda. Tashqi iqtisodiy shoklarga nisbatan barqarorlikning oshishi, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi yaxshilanishi, mahalliy moliya bozorlarining investorlar uchun jozibadorligining ortishi hamda iqtisodiyotda xorijiy valyutadagi resurslarning yanada samarali taqsimlanishi kabi afzalliklar shular jumlasidandir.

Yanada moslashuvchan valyuta kursi tizimiga o‘tish

Erkin suzuvchi valyuta kursi rejimida Markaziy bankning asosiy vazifasi narxlar barqarorligi va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iborat bo‘lib, valyuta kursi esa iqtisodiyot uchun muhim muvozanatlashtiruvchi mexanizm, ya’ni tashqi shoklarni yumshatuvchi omil sifatida xizmat qiladi.

Yanada moslashuvchan rejim sharoitida valyuta kursi xomashyo narxlaridagi o‘zgarishlar, savdo oqimlari yoki global moliyaviy sharoitlar kabi tashqi iqtisodiy omillarga moslashishi mumkin. Bu esa, iqtisodiyotga tashqi shoklarga nisbatan moslashuvchanroq javob berish imkonini yaratadi. Shuningdek, valyuta kursining yuqori darajadagi moslashuvchanligi pul-kredit siyosatining transmission mexanizmini kuchaytirishi hamda global bozorlarga integratsiyalashgan iqtisodiyotlarda makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi mumkin.

USD = 12020.48
+4.52
EUR = 14048.33
-3.13
RUB = 158.77
-1.53
GBP = 16207.21
-15.54
JPY = 75.25
+0.03
CHF = 15273.80
-29.26
CNY = 1758.33
-0.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X