Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Jahon bankining O‘zbekistonga moliya sektori bo‘yicha texnik ko‘mak dasturlari doirasidagi missiyasi

Yangilangan sana: 2 Apr 2026, 19:09
2 Apr 2026

2026-yil 24–27-mart kunlari Jahon bankining Valeriya Goffe boshchiligidagi missiyasi vakillari “O‘zbekistonning moliyaviy xavfsizlik tarmog‘i” hamda bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha texnik ko‘mak dasturlari doirasida Markaziy bankka tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Jahon banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Omonatlarni kafolatlash agentligi vakillari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazilib, mamlakat bank-moliya tizimining barqarorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan islohotlar muhokama qilindi.

Muzokaralarda O‘zbekistonning moliyaviy xavfsizlik tarmog‘ini mustahkamlash masalalari alohida muhokama qilindi. Xususan, tomonlar omonatchilar manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va aholi jamg‘armalarining har qanday sharoitda xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Missiya doirasida moliyaviy inqiroz holatlariga tayyorgarlik va ularni boshqarish salohiyatini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bunda banklarni sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalda qo‘llash bo‘yicha qonunosti hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi qadamlar belgilab olindi.

Shuningdek, tashrif davomida banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini umume’tirof etilgan normalar va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda zamonaviy, shaffof va barqaror bank-moliya tizimini shakllantirish hamda uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Missiya yakunida keyingi qadamlar yuzasidan kelishuvga erishildi hamda Jahon banki va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari belgilandi. Tomonlar moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, omonatchilar manfaatlarini himoya qilish va barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishdilar.

USD = 12020.48
+4.52
EUR = 14048.33
-3.13
RUB = 158.77
-1.53
GBP = 16207.21
-15.54
JPY = 75.25
+0.03
CHF = 15273.80
-29.26
CNY = 1758.33
-0.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X