Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

We-Fi Code tashabbusini joriy etish bo‘yicha ishchi guruh uchrashuvi

Yangilangan sana: 18 Mar 2025, 17:12
18 Mar 2025
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan We-Fi Code tashabbusini joriy etish bo‘yicha ishchi guruh uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda tijorat banklari, mikromoliyaviy tashkilotlar va Mikromoliyaviy institutlar milliy assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tashabbusning asosiy yo‘nalishlari va ishlash mexanizmi, ishtirokchilarning o‘rni va vazifalari, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD), Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Ayollar uchun moliyaviy ommaboplik alyansi (Financial Alliance for Women) xalqaro hamkorlarining tashabbusdagi ishtiroki muhokama qilindi.

Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha McKinsey konsalting kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari va mamlakatdagi ayollar tadbirkorligining hozirgi holati ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar ayollar tadbirkorligi bo‘yicha muhim ma’lumotlar va statistik ko‘rsatkichlarga tez va ochiq kirishni ta’minlaydigan onlayn platforma (Dashboard) ishlab chiqish masalalarini, shuningdek, uni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar muhokama qildilar.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, We-Fi Code tashabbusini joriy etish maqsadida muvofiqlashtiruvchi guruh tashkil etish to‘g‘risida kelishildi.
USD = 12957.14
+29.97
EUR = 14702.47
-15.11
RUB = 156.56
+0.83
GBP = 17233.00
+34.69
JPY = 90.22
-0.53
CHF = 15590.35
-78.95
CNY = 1778.00
+5.24
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X