Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Moliyaviy xizmatlar shartlari adolatli va shaffof bo‘lsin!

Yangilangan sana: 21 May 2025, 13:18
21 May 2025

Markaziy bank tomonidan iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar bozorida adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida kredit tashkilotlari faoliyatida kuzatilayotgan insofsiz amaliyotlar bo‘yicha misollar kredit tashkilotlariga yuborildi.

Xususan, insofsiz amaliyotlar toifasiga kredit shartnomalarida iste’molchining huquqini cheklaydigan, adolatsiz shartlarning aks ettirilishi, xizmatlar shartlari to‘g‘risida noaniq yoki chalg‘ituvchi axborotlar taqdim etilishi, iste’molchiga xizmatlardan foydalanish bo‘yicha puxta o‘ylangan qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etmaslik kabilar kiradi.

Shunga ko‘ra, kredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarda yuzaga keladigan insofsiz amaliyotlarga doir misollar Markaziy bankning kommunikatsiya kanallari orqali muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.

O‘z navbatida, Markaziy bank kredit tashkilotlarini iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarda shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga rioya qilishga chaqiradi.


USD = 12618.63
-49.51
EUR = 14516.47
-124.1
RUB = 160.83
-0.32
GBP = 16989.72
-169.28
JPY = 87.07
-0.4
CHF = 15428.08
-159.64
CNY = 1755.76
-7.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X