Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Startap-kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan davra suhbati bo‘yicha Ma’lumotnoma (2025-yil 19-sentyabr)

Yangilangan sana: 23 Sen 2025, 12:52
23 Sen 2025

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bugungi kunda ustuvor yo‘nalishlarda idoralararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratmoqda,  innovatsion va texnologik yondashuvlar orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, shuningdek, kichik va o‘rta biznes uchun ommabop moliyaviy vositalar orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritishga qulay sharoitlar yaratish maqsad qilingan.

Ushbu maqsadda 2025-yil 19-sentyabr kuni Markaziy bankda logistika sohasidagi startap-loyihalar asoschilari, venchur fondlar, tijorat banklari, nasiya savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hamda vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati doirasida logistika sohasida mahalliy va xorijiy startaplarni rivojlantirish imkoniyatlari hamda istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Shuningdek, startap-loyihalarini rivojlantirish logistika sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan raqamli yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini yaratishi alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, startap-loyihalarini amaliy qo‘llab-quvvatlash va rivojlanishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan:

1. Investitsiyalar va kredit resurslarini jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish.

Taklif: startaplar, tijorat banklari va nasiya savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mahsulotlar ishlab chiqish. Shuningdek, venchur kompaniyalar ushbu sohadagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashi uchun ko‘proq tavakkalchilikka borishi zarurligi qayd etildi.

2. Sug‘urta xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarida mavjud qiyinchiliklar, ayniqsa hududlarda kuzatilmoqda.

Taklif: Tijorat banklari, sug‘urta kompaniya va startap-loyihalar bilan hamkorlikda sug‘urta olish jarayonini soddalashtiruvchi pilot loyihasini ishlab chiqish.

3. Xalqaro bozorda transport kompaniyalari mijozlari uchun yoqilg‘i hamda qo‘shimcha xizmatlar (yo‘l to‘lovlari, to‘xtash joylari, ta’mirlash va boshqalar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish mexanizmi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston kompaniyalari undan foydalanish imkoniyatiga ega emas.

Taklif: Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu amaliyotni O‘zbekiston kompaniyalariga joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.

4. Bojxona nazorat punktlariga kirishda uzun navbatlar va jarayonlarning yetarlicha shaffof emasligi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bojxona nazorat punktlaridan o‘tish jarayonida elektron navbat tizimini joriy etilganligi haqida ma’lumot berildi.

Taklif: Mazkur onlayn platformani ommalashtirish, haydovchilarni xabardorlikni oshirish va bojxona postlaridagi biznes jarayonlarini ilg‘or xorij tajribasi asosida doimiy takomillashtirilib borilishi belgilandi.

5. Transport logistika sohasida ilg‘or startap loyihalar mavjud bo‘lib, mazkur soha vakillari hamda aholining ushbu tizimlardan xabardorligi, foydalanish darajasi past bo‘lib qolmoqda.

Taklif: Savdo-sanoat palatasi va Transport vazirligi tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda aholi va tadbirkorlik subyektlariga faoliyat ko‘rsatayotgan startap loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish, shu orqali ularning xabardorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan beriladigan “Tashuv turiga muvofiq ruxsatnoma” (dozvol) hozirda faqat yuridik shaxslarga va cheklangan miqdorda beriladi. Bu esa yetishmovchilik va yuqori talabni keltirib chiqarmoqda.

Taklif: ruxsatnoma berish jarayonining shaffofligini oshirish va ruxsatnoma olishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilar doirasini kengaytirish.

7. Startap-loyihalarning bank mahsulotlaridan (faktoring, kredit kartalari va boshqalar) faol foydalanmasligi.

Taklif: TIF “Milliy bank” yuk tashuvchilar yoqilg‘i to‘lovlarini optimallashtirish maqsadida yoqilg‘i kartalari (fuel card) ko‘rinishida maxsus mahsulot ishlab chiqishi belgilandi.

8. Startap-loyiha rahbarlarining mavjud raqamli imkoniyatlardan yetarlicha xabardor emasligi aniqlandi.

Taklif: Transport yuk hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida “Didox” MCHJ tomonidan taqdim etilayotgan raqamli yechimlar va boshqa imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida muqobil skoring usullarini joriy etish bo‘yicha imkoniyatlar mavjudligi takidlandi (masalan, yuk tashuvchilarning aylanmalari va tranzaksiya oqimlarini tahlil qilish) va shu yo‘nalishda tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari bilan o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq deb topildi.

Davra suhbati natijalari:

1.     Startap-loyihalar, moliya institutlari va davlat idoralari o‘rtasida tizimli muloqotni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

2.     Taklif etilgan chora-tadbirlarni puxta ishlab chiqish va kelgusi qadamlarda hamkorlikda tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

3.     AT “Xalq banki” sug‘urta tashkiloti bilan hamkorlikda bozor ishtirokchilari ehtiyojlariga mos bo‘lgan va soddalashtirilgan pilot sug‘urta mahsulotini ishlab chiqishi belgilandi.

4.     Davlat banklari tomonidan logistika kompaniyalar uchun faktoring xizmatlarini taqdim etish masalasi qo‘rib chiqiladi.

5.     “Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan logistikaga sohasiga mos sug‘urta mahsulotini yaratish hamda uni logistika mobil ilovalari bilan integratsiya qilish taklifi berildi.

6.     Transport vazirligiga xalqaro avtotashishlar uchun beriladigan “Tashuv turiga muvofiq ruxsatnoma” lari (dozvol) tizimini samaradorlik nuqtai nazaridan tubdan qayta ko‘rib chiqish va faoliyatini takomillashtirish taklif etildi.

7.     TIF “Milliy bank” tomonidan yuk tashuvchi kompaniyalar uchun yoqilg‘i to‘lovlarini optimallashtirish maqsadida maxsus “fuel card” mahsulotini ishlab chiqish taklifi bildirildi.

Ushbu uchrashuv barcha ishtirokchilar o‘rtasida tizimli muloqot platformasi bo‘lib, muvozanatli yechimlarni topishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, startaplar va tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish jarayoniga fintex-tashabbuslarni integratsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi hamda raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks dasturning muhim qismi sifatida xizmat qiladi.

 

USD = 12091.22
+9.59
EUR = 13844.45
+7.36
RUB = 149.16
-1.28
GBP = 16018.45
-5.42
JPY = 75.89
+0.14
CHF = 15316.97
-5.33
CNY = 1753.32
+1.34
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X