Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Armaniston Markaziy banki bilan hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi

Yangilangan sana: 11 Fev 2026, 16:28
11 Fev 2026

Oʻzbekiston va Armaniston Markaziy banklari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.

Mazkur Memorandum ikki mamlakat Markaziy banklari oʻrtasida pul-kredit siyosati, toʻlov tizimlari, moliyaviy texnologiyalar, loyihalar va maʼlumotlarni boshqarish, shu jumladan Suptech va Regtech yoʻnalishlari, banklar hamda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

Mazkur memorandum markaziy banklar oʻrtasida professional muloqotni rivojlantirish, qoʻshma uchrashuvlar, oʻquv tadbirlari, seminarlar va tanishuv tashriflarini tashkil etish hamda bilim va ilgʻor tajriba almashinuvini ragʻbatlantirish maqsadida imzolangan. Shu bilan birga, hujjat axborot almashinuvi boʻyicha aniq tamoyillarni belgilab, hamkorlik qonunli va samarali asosda, maxfiylik talablariga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshirilishini taʼminlaydi.

 

USD = 12170.67
+20.83
EUR = 14048.60
+44.69
RUB = 152.30
+1.2
GBP = 16107.88
+67.66
JPY = 76.26
+0.12
CHF = 15249.56
+58.46
CNY = 1768.68
+6.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X