Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Yangilangan sana: 20 Fev 2026, 13:05
20 Fev 2026
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–246-son Farmoni bilan joriy yilning 1-aprelidan mol-mulk hamda avtotransport vositalarini notarial tartibda naqd pulsiz shaklda sotish choralarini amalga oshirish tartibi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Notarial palata vakillari bilan uchrashuvda  yangi tartib mazmun-mohiyatini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, 1-apreldan boshlab joriy etiladigan tartibni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan tomonlarning takliflari eshitildi hamda ularni izchil amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Muhokama doirasida tijorat banklari bilan hamkorlikda zarur infratuzilmani yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

USD = 12170.67
+20.83
EUR = 14048.60
+44.69
RUB = 152.30
+1.2
GBP = 16107.88
+67.66
JPY = 76.26
+0.12
CHF = 15249.56
+58.46
CNY = 1768.68
+6.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X