Markaziy bank ijro apparati Kotibiyati Ekspeditsiya bo‘limi boshlig‘i Mahmuda Irkinovna Mirzaolimova O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mahmuda Mirzaolimova Markaziy bank tizimidagi mehnat faoliyatini 1998-yilda boshlagan. Faoliyati davomida Markaziy bank Kotibiyati Devonxonasi, Nazorat va Ekspeditsiya bo‘limlarida turli lavozimlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda Markaziy bank ijro apparati Kotibiyati Ekspeditsiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlamoqda.
Ko‘p yillik samarali mehnati, tizim rivojiga qo‘shgan hissasi hamda jamiyat hayotidagi faolligi inobatga olinib, ushbu mukofot bilan taqdirlandi.
“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi 257-son qaroriga muvofiq ta’sis etilgan bo‘lib, jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etayotgan, oilaning mustahkamligini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarga beriladi.
Ko‘p yillik mehnat e’tirofi
Yangilangan sana: 4 Mar 2026, 18:06