Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Kapital hisobini liberallashtirish masalalari bo‘yicha Germaniya Iqtisodiy Guruhi bilan uchrashuv

Yangilangan sana: 6 Mar 2026, 13:06
6 Mar 2026

19-fevral kuni Markaziy bank vakillari hamda Germaniya Iqtisodiy Guruhi o‘rtasida kapital hisobini liberallashtirish masalalarini muhokama qilish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Markaziy bank tomonidan uchrashuvda rais o‘rinbosari Nodirbek Achilov hamda tegishli departamentlarning vakillari ishtirok etdi. Germaniya Iqtisodiy Guruhi delegatsiyasi tarkibida Berlin Economics kompaniyasi maslahatchisi Voldemar Valter, Kiel Institute for the World Economy katta ilmiy xodimi va dastur koordinatori Matias Lyuke hamda mahalliy koordinator Abduvaxid Suleymanov qatnashdi.

Muhokamalar davomida kapital hisobini liberallashtirishga bosqichma-bosqich va puxta rejalashtirilgan yondashuvning, makroprudensial himoya choralariga hamda kuchli institutsional salohiyatga tayangan holda amalga oshirilishi muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, valyuta bozorini isloh qilish jarayonlari, derivativlar bozorini rivojlantirish, eksportyor va importyorlar uchun xedjirlash vositalarini kengaytirish, moliyaviy institutlarni mustahkamlash hamda stress-test mexanizmlarini joriy etish islohotlarning muhim yo‘nalishlari sifatida qayd etildi. Ushbu yo‘nalishlarda ishlar moliyaviy barqarorlik va institutsional tayyorgarlikni ta’minlash maqsadida o‘zaro muvofiqlashtirilgan va parallel ravishda amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Joriy hisob ko‘rsatkichlari barqaror deb baholandi va ijobiy mezon sifatida e’tirof etildi. Rezidentlar uchun ayrim cheklovlar saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, amaldagi tartibga solish tizimi transchegaraviy kapital operatsiyalarini bosqichma-bosqich va tartibga solingan sharoitlarda amalga oshirishni nazarda tutadi. Tashqi investitsiyalar hamda moliyaviy instrumentlardan foydalanish amaldagi qonunchilik va prudensial talablar asosida tartibga solinishi muhokama qilindi.

 

USD = 12141.38
+15.28
EUR = 14313.47
+141.7
RUB = 160.26
+1.15
GBP = 16443.07
+157.72
JPY = 76.37
+0.46
CHF = 15551.91
+212.13
CNY = 1781.18
+6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X