Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi iqtisodiy istiqbollari va islohotlar jarayoni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazdi

Yangilangan sana: 6 Mar 2026, 14:03
6 Mar 2026

2026-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bilan hamkorlikda “Kavkaz va Markaziy Osiyo (CCA) hamda O‘zbekistonning iqtisodiy istiqbollari va institutsional salohiyatini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida quyidagi taqdimotlar o‘tkazildi:

Subir Lall (IMF) - “Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy istiqbollari”;

Koba Gvenetadze (IMF) - “O‘zbekiston iqtisodi va islohotlar dasturi”;

Holger Floerkemeier (CCAMTAC) - “CCAMTACning O‘zbekistondagi faoliyati va salohiyatni rivojlantirish tadbirlari”.

Anjumanda bir nechta universitetlardan talabalar ishtirok etib, mintaqaviy va milliy makroiqtisodiy tendentsiyalar haqidagi tushunchalarini boyitdi.

XVJning ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasidagi aksariyat iqtisodiyotlar barqaror bo‘lib qoldi. Iqtisodiy o‘sishga asosan neft ishlab chiqarishning oshishi, xorijdan yuboriladigan pul o‘tkazmalari ko‘payishi va turizmning rivojlanishi ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina mamlakatlarda inflyatsiya oshdi va valyuta kurslari pasaydi, ammo o‘rta muddatda inflyatsiya asta-sekin pasayishi kutilmoqda.

2026 yilga mintaqaviy o‘sish prognozlari 2025 yil aprel oyidagi baholashlarga nisbatan yuqorilagani ta’kidlandi. Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash uchun moliyaviy zaxiralarni tiklash, zarur bo‘lganda qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirish, fiskal tizimni mustahkamlash va markaziy bankning mustaqilligini oshirish muhimligi belgilab o‘tildi.

O‘zbekiston iqtisodi va islohotlar dasturi taqdimoti davomida O‘zbekistonning real yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2025 yilda 7,7 foizga o‘sdi va 2026 yilda 6,2 foizga o‘sishi prognoz qilinishi, bu asosan ichki talab bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Inflyatsiya 2025 yilda 7,3 foizni tashkil etganligi aytildi

Markaziy Bank 2025 yil mart oyidan beri siyosat stavkasini 14 foizda ushlab kelmoqda, bu esa inflyatsiyani kamaytirish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

2025 yilda byudjet defitsiti YaIMning taxminan 2 foizini tashkil etdi. Davlat va tashqi qarzlar 2020 yildan beri barqaror bo‘lib qolmoqda, va Jahon Banki bilan birgalikda olib borilgan tahlilga ko‘ra, tashqi qarz bo‘yicha xavf past deb baholangan. Shu bilan birga, Xalqaro zaxiralar 2025 yil oktyabr oxirida taxminiy 13 oylik importni qoplashga yetarli darajada bo‘lganligi qayd etildi.

Markaziy Osiyo va Kavkaz Mintaqaviy Makroiqtisodiy Texnik Yordam Markazi (CCAMTAC) 2021 yil fevralida Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etilgan bo’lib, a’zo davlatlarga iqtisodiy institutlarni mustahkamlash va makroiqtisodiy boshqaruv salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘mak beradi. XVJning mintaqadagi roli makroiqtisodiy siyosat tahlili, kreditlash va texnik yordam orqali salohiyatni oshirishdan iborat.

O‘zbekistonda CCAMTAC bir qator yo‘nalishlarni rivojlantirishda ko‘maklashgan. Jumladan, Davlat statistika qo‘mitasiga choraklik milliy hisoblarni tuzish uchun ma’lumot manbalari va metodologiyalarini ishlab chiqishda hamda choraklik YaIM bo‘yicha alohida vaqt qatorlarini e’lon qilishda, davlat mulkidagi korxonalarning fiskal xavflarini baholash va hisobot berish, shuningdek, Xazina xizmati qo‘mitasiga ko‘mak orqali fiskal naqd pul boshqaruvini mustahkamlashda yordam ko‘rsatildi.

Ilmiy anjuman Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi va O‘zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanishini, jumladan yangilangan o‘sish va inflyatsiya prognozlari, byudjet va tashqi iqtisodiy ko‘rinish, institutsional islohotlar va salohiyatni rivojlantirish tadbirlarini batafsil baholashni taqdim etdi. Taqdimotlarda kuchli byudjet tizimlari, ishonchli pul-kredit siyosati, valuta kurslarining moslashuvchanligi va institutsional mustahkamlashning makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror o‘sishni ta’minlashdagi ahamiyati ta’kidlandi. Anjuman qiziqarli savol-javob sessiyasi bilan yakunlandi, unda universitet talabalari o‘z savollarini berish va taqdimotchilar bilan bevosita munozara qilish imkoniga ega bo‘ldi.

 

USD = 12141.38
+15.28
EUR = 14313.47
+141.7
RUB = 160.26
+1.15
GBP = 16443.07
+157.72
JPY = 76.37
+0.46
CHF = 15551.91
+212.13
CNY = 1781.18
+6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X