Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

YTTB Direktorlar kengashi delegatsiyasi bilan bank sektori rivoji muhokama qilindi

Yangilangan sana: 10 Mar 2026, 13:18
10 Mar 2026

5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashrif YTTB Direktorlar kengashining O‘zbekistonga amalga oshirilgan maslahat tashrifi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Achilov bilan o‘tkazilib, unda O‘zbekiston bank sektorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, amaldagi faoliyat muhitidagi mavjud muammolar hamda moliya sektorida amalga oshirilayotgan islohotlarni tatbiq etishda Markaziy bankning roli muhokama qilindi.

YTTB delegatsiyasi direktor Liliana de Sá Kirchknopf boshchiligidagi turli a’zo davlatlar va institutlarga vakillik qiluvchi direktorlar tarkibidan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar bank sektori islohotlarining borishi, moliya bozorlarini rivojlantirish hamda tartibga solish va nazorat tizimini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar. YTTB Direktorlar kengashi a’zolari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar kun tartibi, investitsiya muhiti hamda moliya tizimini yanada modernizatsiya qilish istiqbollari yuzasidan savollar berdilar.

USD = 12126.10
-32.49
EUR = 14171.77
-67.15
RUB = 159.11
+1.23
GBP = 16285.35
-54.58
JPY = 75.91
-0.44
CHF = 15339.78
-52.79
CNY = 1775.13
-5.33
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X