Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Masʼuliyatli kreditlashning umumiy tamoyillari tasdiqlandi

Yangilangan sana:  10 Yan 2022, 11:46
10 Yan 2022
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari faoliyatida jismoniy shaxslarga isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar ajratish bilan bogʼliq munosabatlarda qoʼllash uchun tavsiyaviy xarakterga ega boʼlgan masʼuliyatli kreditlashning umumiy tamoyillari tasdiqlandi. 

Unda moliyaviy xizmatlar koʼrsatuvchi tashkilotlar uchun:

  •  kredit shartnomasini imzolashdan oldin, imzolash vaqtida va undan keyin maʼlumotlarni aniq va toʼliq tarzda oshkor qilish;
  •  mijozlarga axloqiy va adolatli munosabatda boʼlish;
  •  xatolarni samarali tuzatish, shikoyatlarni koʼrib chiqish va nizolarni hal etish boʼyicha murojaat qilish mexanizmlarini taʼminlash bilan bogʼliq asosiy yondashuvlar mavjud.
Masʼuliyatli kreditlash tamoyillari qarz oluvchining isteʼmol krediti va mikroqarz olishda oqilona va asosli qaror qabul qilishi uchun kreditorga koʼrsatilayotgan kredit va mikroqarz xizmatlariga doir maʼlumotlarni shaffof tarzda qarz oluvchiga taqdim etish masʼuliyatini yuklaydi.

Masʼuliyatli kreditlash tamoyillarining qabul qilinishi tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan kreditlar ajratishda qarz oluvchilarga adolatsiz va ogʼir shartlarni belgilashga yoki ularning qarz yukini kupayishini oldini olishga xizmat qiladi.

USD = 11045.25
-17.76
EUR = 11832.78
+23.02
RUB = 176.65
-20.82
GBP = 13928.06
+98.19
JPY = 87.15
+0.12
CHF = 11512.66
+31.74
CNY = 1641.56
-16.14
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X