Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2024-yil 10-dekabr kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 10 Dek 2024, 10:29

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank 2024-yil 10-dekabr kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:

DQQ turi: o‘rta muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;

identifikatsion raqam: 26048UMFS;

ISIN kod: UZA000003907

bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

auksion o‘tkazish sanasi: 2024-yil 10-dekabr;

muomala davri boshlanish sanasi: 2024-yil 12-dekabr;

chiqarilish hajmi: 200 000 000 000 (ikki yuz milliard) so‘m;

muomala davri: 730 kun;

majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2026-yil 12-dekabr;

qatiy belgilangan foizli daromad stavkasi: yillik 15,0%;

foizli daromad to‘lanish davri: 6 oy.

Foizli daromad to‘lanish sanalari:

birinchi davr:     2025 yil 12-iyun;

ikkinchi davr:   2025 yil 11-dekabr;

uchinchi davr: 2026 yil 11-iyun;

to‘rtinchi davr: 2026 yil 12-dekabr;

Auksion o‘tkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 11:30 – 12:00;

arizalarni qondirish vaqti: 12:00;

to‘lov valyutasi: so‘m;

auksion bo‘yicha hisob-kitoblar Т+2 rejimida amalga oshiriladi;

auksion savdolarida faqat birlamchi dilerlar ishtirok etishi mumkin;

Ushbu DQQni maksimal hajmi 1 000 000 000 000 (bir trillion) so‘m bo‘lgunga qadar qo‘shimcha joylashtirilishi mumkin;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.




Ulashish:

 
USD = 12165.24
-25.19
EUR = 14330.65
-32.11
RUB = 159.42
-2.67
GBP = 16470.52
-56.05
JPY = 76.49
-0.23
CHF = 15520.85
-73.92
CNY = 1783.63
-3.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X