Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2026-yil 3-mart kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 2 Mar 2026, 20:49

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank 2026-yil 3-mart kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:

DQQ turi: o‘rta muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;

identifikatsion raqam: 28041UMFS;

ISIN kod: UZA000005589

bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

auksion o‘tkazish sanasi: 2026-yil 3-mart;

muomala davri boshlanish sanasi: 2026-yil 5-mart;

chiqarilish hajmi: 300 000 000 000 (uch yuz milliard) so‘m;

muomala davri: 1095 kun;

majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2029-yil 4- mart;

qatiy belgilangan foizli daromad stavkasi: yillik 14,0%;

foizli daromad to‘lanish davri: 6 oy.

Foizli daromad to‘lanish sanalari:

birinchi davr:     2026 yil 3-sentyabr;

ikkinchi davr:   2027 yil 4-mart;

uchinchi davr:   2027 yil 2-sentyabr;

to‘rtinchi davr: 2028 yil 2-mart;

beshinchi davr:   2028 yil 31-avgust;

oltinchi davr:      2029 yil 4-mart;

Auksion o‘tkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 11:00 – 11:30;

arizalarni qondirish vaqti: 11:30;

to‘lov valyutasi: so‘m;

auksion bo‘yicha hisob-kitoblar Т+2 rejimida amalga oshiriladi;

auksion savdolarida faqat birlamchi dilerlar ishtirok etishi mumkin;

Ushbu DQQni maksimal hajmi 3 000 000 000 000 (uch trillion) so‘m bo‘lgunga qadar qo‘shimcha joylashtirilishi mumkin;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.

 




Ulashish:

 
USD = 12165.24
-25.19
EUR = 14330.65
-32.11
RUB = 159.42
-2.67
GBP = 16470.52
-56.05
JPY = 76.49
-0.23
CHF = 15520.85
-73.92
CNY = 1783.63
-3.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X