Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kliring tizimi

Yangilangan sana: 29 Mar 2024, 17:33

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ–1989-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Markaziy bankning “Chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini yaratish hamda xizmat ko‘rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash” loyihasi 2014 yilda joriy etilgan bo‘lib, tizim orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar hajmi va ko‘lami doimiy ravishda ortib bormoqda.

Mazkur tizim faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2570, 2014 yil 4 aprel) talablari asosida tartibga solinadi.

Hozirgi kunda banklar infratuzilmalarida Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali barcha kommunal tashkilotlar, Moliya vazirligi G‘aznachiligiga to‘lanadigan byudjet to‘lovlari, soliq hamda bojxona to‘lovlari, notariat va FXDYo to‘lovlari, Ichki ishlar vazirligiga to‘lanadigan jarima to‘lovlari, Davlat xizmatlari agentligi xizmatlari to‘lovlari, “UzAuto Motors” avtomashinalari uchun to‘lovlar, kadastr xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek, mobil aloqa, internet-provayderlar va ko‘plab boshqa xizmatlar uchun to‘lovchini xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning billing tizimi orqali aniq identifikatsiya qilish orqali to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish va aks ettirish imkoniyati yaratilgan.

Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi respublikada faoliyat yuritayotgan chakana to‘lov tizimlarining (Uzcard va Humo)  bank kartalari orqali o‘tkazilgan tranzaksiyalari natijasi bo‘yicha kliring amaliyotlarini bajarish bo‘yicha “Hisob-kitob banki” vazifasini ham amalga oshirib kelmoqda.

Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi bilan integratsiya qilish orqali to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirishga talabgor bo‘layotgan idora va tashkilotlar ham ko‘paymoqda. Bugungi kunga kelib, hisob-kitoblar kliring tizimi orqali jami 30 dan ortiq xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar real vaqt rejimida amalga oshirilmoqda.

Hisob-kitoblar kliring to‘lov tizimida ishtirok etish hamda to‘lovlarni o‘tkazish uchun Axborotlashtirish bosh markazi bilan ikki tomonlama shartnoma tuziladi.

Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 2017 yil mobaynida 5 205,7 mlrd. so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, 2018 yilda to‘lovlar summasi 2017 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ortib, 10 155,0 mlrd. so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan. 2019 yilda ham ushbu tizim orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ortib, 20 030,4 mlrd. so‘mga etgan.

{38821BEF-85A9-4F85-A5BF-0C7A149C82F9}.png.jpg 

2020-2023-yillarda Markaziy bankning Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali (MUNIS) amalga oshirilgan tranzaksiyalar to`g`risida banklar kesimida ma`lumot
xls 38.5 КБ
2020-2023-yillarda Markaziy bankning hisob-kitob kliring tizimi (MUNIS) orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar to`g`risida mablag` oluvchilar kesimida yig`ma ma`lumot


USD = 12825.01
+12.71
EUR = 13552.19
+19.84
RUB = 128.62
+0.25
GBP = 16199.27
-10.85
JPY = 82.86
+0.39
CHF = 14475.18
+53.41
CNY = 1770.85
-1.91
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X