Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank xabari

Yangilangan sana: 20 Fev 2025, 15:23
20 Fev 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda banklardagi omonat hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini yechishda iste’molchidan mablag‘ning manbasi so‘ralayotganligiga doir tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Amaldagi qonunchilikka asosan jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli omonat hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini yechib olayotganda ushbu mablag‘ning kelib chiqish manbasi to‘g‘risida ma’lumot talab qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishiga doir yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari hamda boshqa manbalar orqali doimiy ravishda o‘rganib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rib boradi.

Hurmatli fuqarolar!

Agar Sizdan banklardagi omonat hisobvarag‘ingizdagi pul mablag‘larini yechishda uning kelib chiqish manbasi to‘g‘risida ma’lumot talab qilinsa, Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga 71 212-60-94, 71 212-73-62 raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Shu bilan birga, banklar, mikromoliya va to‘lov tashkilotlari faoliyatida xizmatlar ko‘rsatilishiga oid iste’molchilarning huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaatlaringiz yoki takliflaringiz bo‘lsa, ularni Markaziy bankning info@cbu.uz elektron manziliga yuborish so‘raladi.
USD = 12001.94
+4.11
EUR = 13973.86
+5.99
RUB = 166.67
-0.64
GBP = 16183.42
-5.25
JPY = 75.41
-0.08
CHF = 15302.74
-47.61
CNY = 1768.87
+0.35
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X