O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Yevropaning xulq-atvor iqtisodiyoti hamda eksperimental tadqiqotlar bo'yicha ixtisoslashgan yetakchi konsalting va analitik markazi — Behavia – Behavioral Public Policy and Economics GmbH o'rtasida qo'shma tadqiqotlar bo'yicha hamkorlik Memorandumi yaqinda imzolandi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi — xulq-atvor iqtisodiyoti yondashuvlari va eksperimental tadqiqotlar yo'nalishidagi qo'shma loyihalarni amalga oshirish:
Hamkorlik allaqachon faol bosqichda: kreditni qaytarish intizomiga oid qo'shma tadqiqot ayni paytda ikkinchi bosqichni — diagnostik so'rovnoma o'tkazish, asosiy xulq-atvor to'siqlarini aniqlash va muammoni chuqur diagnostika qilish bosqichini bosib o'tmoqda. Tadqiqot natijalari Markaziy bank va tijorat banklari uchun amaliy siyosat tavsiyalarini ishlab chiqishga asos bo'ladi.
Behavia 20 dan ortiq mamlakatda 30 dan ortiq loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirgan tajribaga ega bo'lib, Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan xulq-atvor iqtisodiyoti, qaror qabul qilish va o'yinlar nazariyasi sohasidagi ilmiy yondashuvlarni amaliy davlat siyosati tavsiyalariga aylantirish bilan shug'ullanadi.
Markaziy bank va Behavia o'rtasida xulq-atvor iqtisodiyoti yo'nalishida hamkorlik memorandumi imzolandi
Yangilangan sana: 26 May 2026, 10:29