Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Moliyaviy savodxonlik va iste’molchilarning huquqlari himoyasi – doimiy e’tiborda

Yangilangan sana: 12 Mar 2025, 18:10
12 Mar 2025
Markaziy bankda OAV vakillari hamda blogerlar uchun “Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bank tizimida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish” mavzusida media-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda 2020–2024 yillarda amalga oshirilgan ishlar, xususan, maktab va oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy ta’limni joriy qilish, interaktiv darslar, media mahsulotlar va xalqaro hamkorliklar haqida so‘z yuritildi. 2025 yilga mo‘ljallangan yangi loyihalar ham taqdim etildi.

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, Finlit.uz platformasi orqali minglab foydalanuvchilarga moliyaviy rejalash, omonatlardan foydalanish va onlayn xavfsizlik bo‘yicha bilimlar yetkazilmoqda. Shunga qo‘shimcha ravishda aholining turli qatlamlari uchun maxsus o‘quv materiallari ishlab chiqilmoqda.

Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha erishilgan natijalar ham muhokama qilindi. 2024 yilda 2,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ mijozlarga qaytarilgani ta’kidlanib, “Sirli mijoz” tadbiri natijalari bilan bo‘lishildi.

Media-muloqotda jurnalistlar va blogerlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini yanada boyitdilar.
USD = 12957.14
+29.97
EUR = 14702.47
-15.11
RUB = 156.56
+0.83
GBP = 17233.00
+34.69
JPY = 90.22
-0.53
CHF = 15590.35
-78.95
CNY = 1778.00
+5.24
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X