Ushbu reklama havolasida ko‘rsatilgan “Crediitum” nomli botga o‘tilganda foydalanuvchiga kredit ajratishga doir oddiy savollar berilib, so‘rovnoma so‘nggida “Aynura” ismli menejer bilan bog‘lanish tugmasi paydo bo‘ladi.





Mazkur menejer akkaunti firibgarlarga tegishli bo‘lib, ular bilan muloqot qilish orqali shaxsga doir va bank karta ma’lumotlarini hamda tasdiqlash kodlarini berish yoki zararli “APK” ilovalarni smartfonga o‘rnatish bank kartasidagi mablag‘lar o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkinligi xususida ogohlantiramiz.