Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda Mastercard bilan hamkorlikda seminar-trening

Yangilangan sana: 27 Apr 2026, 21:28
27 Apr 2026

Markaziy bankda Mastercard bilan hamkorlikda “Kiberinqiroz holatidan samarali chiqish” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy bank va tijorat banklaridan xodimlar ishtirok etdi.

Trening moliya sektorida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kiberxavflarga qarshi samarali javob berish, xavflarni boshqarish va tizimlarning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan. Unda ishtirokchilar kiberhujumlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish hamda tizimlarni tezkor tiklash boʻyicha amaliy bilim va koʻnikmalarini oshirди.

- Kiberinqirozlar va kiberxatarlar tobora ortib borayotgani sababli, kiberxavfsizlik bugungi kunda butun dunyodagi har bir korxona va har bir shaxs uchun muhim masalaga aylanmoqda. Shuningdek, biz Mastercard kompaniyasi soʻnggi yillarda Oʻzbekistonlik hamkasblarimiz bilan qator loyihalarda hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Masterkard dunyo boʻylab mijozlarni himoya qilish maqsadida 11 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan-deydi Resat Kokcen Mastercardʻning Sharqiy Yevropa boʻyicha kiberxavfsizlik yechimlari rahbari

Seminar davomida real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan mashgʻulotlar va simulyatsiyalar orqali kiberinqiroz sharoitida qaror qabul qilish, jamoaviy hamkorlik va tezkor muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, maʼlumotlar xavfsizligi, mijozlar maʼlumotlarini himoya qilish va uzluksiz faoliyatni taʼminlash boʻyicha zamonaviy yondashuvlar koʻrib chiqilmoqda.

Mastercard bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan bunday treninglar moliya tizimining kiberbardoshligini oshirish, xalqaro tajribani joriy etish va zamonaviy tahdidlarga tayyorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

USD = 12072.96
+52.48
EUR = 14177.28
+128.95
RUB = 161.17
+2.4
GBP = 16360.07
+152.86
JPY = 75.82
+0.57
CHF = 15393.29
+119.49
CNY = 1769.37
+11.04
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X