O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasida Markaziy bankning 2025-yildagi faoliyati bo‘yicha yillik hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida Markaziy bank tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, moliya tizimidagi islohotlar natijalari hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berildi.
Muhokamalar yakunida qo‘mita a’zolari Markaziy bankning yillik hisobotini Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida ko‘rib chiqish uchun ma’qulladi.