Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Yagona milliy QR-kod tizimi (UzQR): shaffof komissiya tuzilmasi va uning iqtisodiy mantig‘i

Yangilangan sana: 23 Iyun 2026, 12:55
23 Iyun 2026

Mamlakatimizda naqdsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish, savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari uchun xarajatlarni kamaytirish hamda yagona milliy to‘lov infratuzilmasini shakllantirish maqsadida Yagona milliy QR-kod tizimi ishga tushirilmoqda.
UzQR’ning bosh xususiyati — iste’molchi istalgan bank ilovasi yoki to‘lov tashkiloti mobil ilovasi orqali bitta QR-kodni skaner qilgan holda to‘lovni amalga oshirishi. Bunda savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari bir necha xil QR-kod va to‘lov yechimlarini saqlab turish zaruratini bartaraf etadi.

Tizim orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha umumiy komissiya ulushi 0,65 foiz etib belgilangan. Komissiya to‘lov zanjirida ishtirok etuvchi barcha tomonlar o‘rtasida shaffof va har birining real roli hamda xarajatlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Komissiya quyidagicha taqsimlanadi:
0,10% — ekvayer bank, ya’ni QR-kodni merchantga o‘rnatib bergan bank;
0,15% — to‘lov Uzcard yoki Humo milliy kartalari orqali amalga oshirilganda tegishli ulush, shundan Uzcard 0,075 % va Humo 0,05 % bank kartasi emitentiga qaytaradi;
0,20% — QR-kod operatori: tizimni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash, yagona koll-markaz faoliyati, mijozlar uchun shaxsiy kabinetlar hamda onlayn-KKM bilan integratsiya xarajatlarini qoplash uchun;
0,15% — to‘lov tashabbuskori, ya’ni QR-kodni o‘quvchi mobil ilova;
0,05% — to‘lovchi bank, ya’ni tizimda to‘lovni amalga oshiruvchi bank.

Tarif tuzilmasining yana bir o‘ziga xos jihati — ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida bir necha ulushni olishi mumkin. Masalan, agar to‘lov bankning o‘z ilovasida amalga oshirilsa va karta ham o‘sha bankniki bo‘lsa, bank jami 0,20% olishi mumkin; agar merchant ham o‘sha bangga mijozi bo‘lsa, ulush 0,30% ga yetishi mumkin. Shuningdek, to‘lov bank kartasi orqali emas, balki bank hisobvarag‘i yoki elektron hamyon orqali amalga oshirilganda, elektron to‘lov vositasi egasi jami 0,15 % ulushni oladi.
Alohida ta’kidlash lozimki, Uzcard va Humo tizimining boshqa (milliy bo‘lmagan) QR-kodlar uchun belgilagan tarifi 0,3–0,37 foizga yetadi. Yagona QR-kod tizimi umummilliy ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, ushbu ulushni 0,10 foizgacha pasaytirishgan.
UzQR’ning 0,65 foizlik umumiy tarifini xolisona baholash uchun uni hozirgi to‘lov xizmatlari bozoridagi mavjud tariflar bilan taqqoslash o‘rinli. Bugungi kunda to‘lov xizmatlari bozorida savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari uchun QR-kodlar orqali to‘lovlarni qabul qilish 1-3% tashkil qilmoqda.

Alohida ta’kidlash zarur: tizimning rasmiy tarif tuzilmasida to‘lovchidan (iste’molchidan) hech qanday komissiya undirish ko‘zda tutilmagan. Barcha tarif — faqat merchant tomonidan to‘lanadigan 0,65 foizdan iborat, va u yuqorida ko‘rsatilgandek zanjir ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi.

Ayni paytda ayrim tashabbuskorlar tomonidan iste’molchidan qo‘shimcha yig‘im undirilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Bunday yig‘im tizim tarifining bir qismi emas — u tegishli ishtirokchilar tomonidan o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha tarzda qo‘yilgan.
Umumiy 0,65 foizlik komissiya bozordagi odatdagi ekvayring tariflaridan (1–3 foiz) sezilarli darajada past bo‘lib, har bir ishtirokchining ulushi uning tizimdagi real roliga va xarajatlariga mutanosib belgilangan. Tizim to‘liq shaffoflik asosida ishlaydi hamda merchantlar va iste’molchilar manfaatlarini birdek himoya qilishga yo‘naltirilgan. Rasmiy tarifda to‘lovchidan komissiya undirish umuman nazarda tutilmagan; ayrim ishtirokchilar tomonidan qo‘yilgan qo‘shimcha ustama esa tarif talabi emas va tartibga solish jarayonida. Bunday yondashuv mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yagona milliy to‘lov infratuzilmasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

USD = 12017.04
+26.78
EUR = 13712.64
-25.8
RUB = 160.63
-1.6
GBP = 15898.54
+36.63
JPY = 74.46
+0.33
CHF = 14839.52
-7.26
CNY = 1771.59
+1.68
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X