Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

“Yashil va qulay uy-joy” forumi — O‘zbekistonda uy-joy siyosati bo‘yicha muhim xalqaro platformalardan biri

Yangilangan sana: 16 Dek 2025, 17:00
27 Noy 2025

O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (UzMRC) tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum uy-joy bozorini rivojlantirish, “yashil” ipoteka kreditlari va innovatsion moliyalashtirish yechimlarini muhokama qilishga qaratildi.

O‘zbekistonda uy-joy va uy-joyni moliyalashtirish: imkoniyatlar va chaqiriqlar” mavzusidagi panel sessiyada Markaziy bank Raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev ma’ruza qildi.

U o‘z chiqishida so‘nggi yillarda aholini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

Shuningdek, 2040-yilga borib ipoteka kreditlari portfeli hajmi 10 barobardan ortiq oshib, 56,7 mlrd AQSh dollariga yetishi kutilayotgani qayd etildi.

Bugungi asosiy maqsad — ipoteka bozorida xususiy sektor ishtirokini kuchaytirish hamda barcha aholi qatlamlari uchun inklyuziv va qulay ipoteka tizimini shakllantirishdan iborat.

Mazkur hamkorlik mamlakatda uzoq muddatli ipoteka bozorini mustahkamlashga hamda qulay va barqaror uy-joy tizimini yaratishga xizmat qiladi.

USD = 12170.67
+20.83
EUR = 14048.60
+44.69
RUB = 152.30
+1.2
GBP = 16107.88
+67.66
JPY = 76.26
+0.12
CHF = 15249.56
+58.46
CNY = 1768.68
+6.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X