Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank tijorat banklari ishtirokida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy ommaboplik bo‘yicha ishchi guruhning ilk yig‘ilishini o‘tkazdi

Yangilangan sana: 19 Mar 2026, 17:56
19 Mar 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida tijorat banklari ekspertlari ishtirokida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy ommaboplikni oshirish masalalari bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan Moliyaviy ommaboplikni oshirish milliy strategiyasi (NFIS), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan tuzilgan yo‘l xaritasini amalga oshirish doirasida o‘tkazildi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi moliya muassasalari uchun yanada inklyuziv moliyaviy muhitni shakllantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yagona tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshlashdan iborat bo‘ldi.

Muhokamalar davomida ishtirokchilar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bank xizmatlaridan foydalanishida yuzaga keladigan to‘siqlarni, shuningdek, tavsiyalarni ishlab chiqishning ehtimoliy muddatlarini ko‘rib chiqdilar.

Aholining ushbu toifadagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda bank mahsulotlarini moslashtirish, tijorat banklari filiallari va tarmoqlarining imkoniyatlarini hisobga olish, fintex-texnologiyalarni qo‘llash hamda ommabop bank xizmatlari sohasidagi xorijiy banklarning ilg‘or tajribasini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy ommaboplik holati bo‘yicha dastlabki monitoring o‘tkazildi. Monitoring natijalariga ko‘ra, aksariyat banklarda faqat jismoniy infratuzilmaning qulayligi uchun boshlang‘ich sharoitlargina yaratilgan, aholining ushbu toifasi uchun ixtisoslashtirilgan bank mahsulotlari va xizmatlari esa deyarli mavjud emas.

Uchrashuv yakunida faoliyatning kelgusi yo‘nalishlarini va tavsiyalarini ishlab chiqishga doir asosiy yondashuvlar belgilab olindi, shuningdek, ularni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi bosqichlar kelishib olindi.

Tavsiyalarni ishlab chiqishdan asosiy maqsad – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan, yanada qulay va inklyuziv moliya tizimini shakllantirishdir.

 

 

 

USD = 12128.46
-36.78
EUR = 14304.31
-26.34
RUB = 159.04
-0.38
GBP = 16412.23
-58.29
JPY = 76.26
-0.23
CHF = 15499.63
-21.22
CNY = 1777.58
-6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X