Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekistonda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi artikl IV missiyasi boshlandi

Yangilangan sana: 30 Mar 2026, 19:37
30 Mar 2026

2026-yil 26-mart kuni Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ)ning artikl IV doirasidagi missiyasi O‘zbekistonda o‘z ishini boshladi. Missiya 2026-yil 9-aprelga qadar davom etadi va uning doirasida davlat tashkilotlari hamda asosiy iqtisodiy institutlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Missiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Markaziy bank raisi, rais o‘rinbosarlari hamda tegishli departamentlar rahbarlari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida so‘nggi iqtisodiy rivojlanishlar, inflyatsiya dinamikasi va makroiqtisodiy istiqbollar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, pul-kredit siyosatini yuritish, valyuta kursi dinamikasi hamda bank-moliya tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan islohotlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, prudensial nazoratni rivojlantirish, Moliyaviy sektorni baholash dasturi (FSAP) tavsiyalarini amalga oshirish hamda moliyaviy sektorni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham muhokamalar o‘tkazildi. Shu bilan birga, “Safeguards Assessment” jarayoni doirasidagi ishlar hamda XVJ ekspertlari tomonidan berilgan texnik tavsiyalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu muzokaralar XVJning a’zo davlatlar bilan muntazam aloqalarining bir qismi bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishlarni baholash va barqaror hamda mustahkam iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydigan siyosat ustuvorliklarini muhokama qilishga qaratilgan.

 

USD = 12128.46
-36.78
EUR = 14304.31
-26.34
RUB = 159.04
-0.38
GBP = 16412.23
-58.29
JPY = 76.26
-0.23
CHF = 15499.63
-21.22
CNY = 1777.58
-6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X