Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

UZCE Trading Lab: nazariya va amaliyot uyg‘unligi

Yangilangan sana: 8 Apr 2026, 11:48
8 Apr 2026

Joriy yilning 3-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank bilan hamkorlikda O‘zbekiston respublika valyuta birjasida yosh mutaxassislar va Markaziy bank stipendiatlarini birlashtirgan UZCE Trading Lab o‘quv tadbiriga start berildi.

Loyihaning asosiy g‘oyasi - moliya bozorini ichki tuzilishini ko‘rsatish, ya’ni uning tuzilmasini tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, bozor mantiqini amalda his qilish imkoniyatini taqdim etish.

Tadbirda moliya bozorining rivojlanishi tez o‘zgaruvchan iqtisodiyot sharoitida tizimli fikrlay oladigan va ishlay biladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash bilan bevosita bog‘liqligi ta’kidlandi. Yosh kadrlarning kasbiy o‘sishi uchun platforma sifatida Markaziy bank va birja o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirning nazariy qismi doirasida ishtirokchilar Respublika valyuta birjasi faoliyati, uning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni hamda birja rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib, birja infratuzilmasining ishlash tamoyillari, savdolarda qatnashish shartlari va bozor bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini batafsil ko‘rib chiqdilar.

Dastur doirasida amaliyotga yo‘naltirilgan asosiy e’tibor valyuta va pul bozorlarini o‘rganishga qaratildi, bunda ishtirokchilarga bozor bilan ishlashning to‘liq tsikli bosqichma-bosqich ko‘rsatib berildi. Birja mutaxassislari aniq amaliy misollar orqali operatsiyalarni amalga oshirish mexanizmlari va bitimlar shakllanishining ichki mantiqini izohlab berdilar hamda savdo platformalarining funksional imkoniyatlarini namoyish etdilar.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga aniq bozor ssenariylari taklif etildi. Unda qatnashchilar o‘zlarini treyder rolida sinab ko‘rib, simulyatsiya muhitida real vaqt rejimida savdo qarorlari asosida bitimlar tuzdilar. Har bir holat bo‘yicha Markaziy bank va Respublika valyuta birjasi mutaxassislari ishtirokchilar tomonidan qabul qilingan qarorlarni tahlil qilib, bozor mantiqi va moliyaviy instrumentlar bilan ishlashning amaliy yondashuvlarini chuqurroq anglash uchun o‘z professional sharh va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

UZCE Trading Lab tadbiri yosh mutaxassislarning amaliy bilim va tahliliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib, simulyatsiya asosidagi o‘qitish va ekspert baholash orqali ishtirokchilarning moliya bozorlari faoliyatiga oid tushunchalari yanada chuqurlashishiga ko‘maklashdi. Ushbu dastlabki sessiya moliya-iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga muntazam o‘tkaziladigan dasturlarga asos soldi. Mazkur tashabbus zamonaviy moliyaviy instrumentlar va bozor infratuzilmasi bilan ishlay oladigan mutaxassislar avlodini shakllantirishga qaratilgan.

 

USD = 11974.79
-54.41
EUR = 14008.11
-57.63
RUB = 159.64
-0.62
GBP = 16170.76
-57.83
JPY = 74.92
-0.46
CHF = 15152.21
-76.55
CNY = 1752.13
-7.35
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X