Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank va “Davlat belgisi” De La Rue hamda Oberthur Fiduciaire kompaniyalari bilan memorandumlar imzoladi

Yangilangan sana: 30 Apr 2026, 14:55
30 Apr 2026

2026-yil 28–29-aprel kunlari Antalyada bo‘lib o‘tgan Global Currency Forum doirasida uch tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar yakunida o‘zaro anglashuv va hamkorlik bo‘yicha ikkita alohida memorandum imzolandi.

2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Davlat belgisi” MChJ hamda De La Rue International Limited o‘rtasida memorandum imzolandi.

2026-yil 29-aprel kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Davlat belgisi” MChJ hamda Oberthur Fiduciaire kompaniyasi o‘rtasida yana bir memorandum imzolandi.

Uchrashuvlar davomida himoyalangan mahsulotlar va banknotalar ishlab chiqarish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda professional salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Imzolangan memorandumlar tomonlarning mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish borasidagi niyatlarini mustahkamlaydi.

 

 

USD = 11937.60
-37.19
EUR = 13961.02
-47.09
RUB = 159.47
-0.17
GBP = 16119.34
-51.42
JPY = 74.92
0
CHF = 15160.78
+8.57
CNY = 1748.13
-4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X