Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston va Ozarbayjon Markaziy banklari pul-kredit siyosati bo‘yicha tajriba almashdilar

Yangilangan sana: 12 May 2026, 13:10
12 May 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida 4-8-may kunlari Ozarbayjon Respublikasi Markaziy banki delegatsiyasining tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida ikki mamlakat regulyatorlari pul-kredit siyosatining strategik va operatsion masalalari bo‘yicha keng qamrovli muloqot olib bordi.

Tashrif Ozarbayjon Markaziy banki Monetar siyosat departamenti direktor o‘rinbosari Elchin Gulaliyev boshchiligidagi delegatsiya tarkibida amalga oshirildi. Tadbirlarning ochilish marosimlarida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Markaziy banki rais o‘rinbosari Nodirbek Achilov ikki davlat markaziy banklari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni yuqori baholab, bunday muloqot o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ushbu muzokaralardan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat markaziy banklari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, pul-kredit siyosatini yuritishdagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Muzokaralar davomida O‘zbekistonning inflyatsion targetlash rejimini joriy etish tajribasi, pul-kredit siyosatining operatsion tizimi, qaror qabul qilish jarayoni va kommunikatsiya siyosati masalalari muhokama qilindi. Prognozlash va siyosat tahlili tizimi (FPAS) bo‘yicha fikr almashuvlar ham uchrashuvlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda Ozarbayjon delegatsiyasi o‘z yondashuvlari va tajribasini taqdim etdi.

Yakunda tomonlar muloqotni muntazam asosga o‘tkazish va hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bunday institutsional muloqot O‘zbekiston va Ozarbayjon markaziy banklarining tahliliy salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi izchil harakatlarning yorqin namunasi bo‘ldi. Kelajakda ushbu hamkorlik yangi loyihalar bilan boyitilib, ikki davlat markaziy banklarining birgalikdagi salohiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

USD = 12145.65
+3.71
EUR = 14268.71
-21.14
RUB = 164.33
+1.7
GBP = 16445.21
-86.04
JPY = 77.08
-0.41
CHF = 15555.39
-53.22
CNY = 1787.91
+2.75
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X