Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Qonunchilikka Markaziy bank faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

Yangilangan sana: 13 May 2026, 18:27
13 May 2026

Bugungi kunda bank-moliya tizimi barqarorligini ta’minlash, zamonaviy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro standartlarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, moliyaviy sektorni baholash dasturi (FSAP) doirasida berilgan tavsiyalar Markaziy bank tizimini yanada takomillashtirish zaruratini ko‘rsatmoqda.

Shu maqsadda, Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirish, uning mustaqilligini mustahkamlash hamda bank-moliya tizimi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan 4 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, loyiha bilan Markaziy bank, uning hududiy bosh boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini tekshirish tartibini aniq belgilash nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ayrim tashkilotlar bilan majburiy kelishish tartibini bekor qilish hamda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini soddalashtirish taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, Markaziy bank yuridik xizmati tomonidan ijobiy huquqiy xulosa berilgan ayrim turdagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘n kun ichida soddalashtirilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmi joriy etilmoqda.

O‘z navbatida, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari ularda nazarda tutilgan muddatlarda kuchga kirishini ta’minlash hamda bank-moliya tizimida tezkor va mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish belgilanmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar mazkur qonun loyihasi bank-moliya tizimidagi tavakkalchiliklarni samarali boshqarish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va zamonaviy xalqaro amaliyotlarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Ushbu qonunning qabul qilinishi Markaziy bank faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, bank va to‘lov tizimlari barqarorligini oshirish hamda mamlakat moliyaviy tizimining raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.

USD = 11975.36
-98.06
EUR = 14020.75
-113.6
RUB = 162.91
-1.56
GBP = 16179.91
-140.94
JPY = 75.83
-0.66
CHF = 15315.72
-123.44
CNY = 1764.95
-13.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X