Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi nufuzli tadbirlardan biri – VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” “Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot sifatida e’tirof etilib, maxsus mukofo

Yangilangan sana: 14 May 2026, 12:29
14 May 2026

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi nufuzli xalqaro va milliy maydonlardan biri hisoblangan VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqaruvi tizimini samarali joriy etgan tashkilot sifatida e’tirof etildi.

Mazkur e’tirof Markaziy bank tomonidan ochiqlik, halollik va institutsional shaffoflik tamoyillarini faol ilgari surish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek zamonaviy komplayens mexanizmlarini amaliyotga izchil tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi sifatida baholandi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida komplayens-nazorat tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qarori talablari asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning kompleks tizimi tashkil etilgan va faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Markaziy bank Komplayens-nazorat xizmati boshligi Xamrakulov Voxidjon mazkur etirof yuzasidan shunday fikr bildirdi:

Mazkur etirof biz uchun yakuniy natija emas, balki komplayens-nazorat tizimini yanada kuchaytirish yolida qoshimcha masuliyatdir. Eng muhim vazifa — korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini izchil takomillashtirishdir.”

Komplayens-nazorat tuzilmalari tomonidan Markaziy bankda sohani tartibga solish boʻyicha vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsion xavf-xatarlarni baholash tizimli ravishda amalga oshirilishi, nomzodlarni ishga qabul qilish tizimining ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida yoʻlga qoʻyilganligi, korrupsiyaga oid murojaatlarni koʻrib chiqish hamda korrupsiya bilan bogʻliq qoidabuzarliklarga nisbatan tegishli nazorat mexanizmlari hamda moliyaviy nazorat tizimlarining faoliyati samarali tashkil etilganligini ko‘rsatadi.

Mazkur tadbirda Markaziy bank rahbariyati ishtirok etib, mukofotni qabul qilib oldi.

Forum doirasidagi mazkur e’tirof Markaziy bank tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligi, tizimli yondashuv va yuqori institutsional mas’uliyatning amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

USD = 11975.36
-98.06
EUR = 14020.75
-113.6
RUB = 162.91
-1.56
GBP = 16179.91
-140.94
JPY = 75.83
-0.66
CHF = 15315.72
-123.44
CNY = 1764.95
-13.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X