Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank — hududlarda: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Yangilangan sana: 20 May 2026, 15:23
20 May 2026

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Timur Ishmetovning hudud tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent viloyati hokimligi, Markaziy bank, tijorat banklari, tegishli tashkilot va idoralar vakillari hamda hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, biznes vakillari duch kelayotgan moliyaviy va amaliy masalalarni joyida o‘rganish, bank xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlarni muhokama qilish hamda tadbirkorlarning tashabbuslari asosida keligusida bank-moliya sektori va biznes vakillari uchun samarali bo'lgan takliflar portfeilini ishlab chiqishdir.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlari, kredit shartlari, to‘lov infratuzilmasi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini kengaytirish, eksport bozorlariga chiqish, energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, yer va bino-inshootlar bilan bog‘liq amaliy masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.

Xususan, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida to‘lov infratuzilmasini yanada qulaylashtirish, tadbirkorlar uchun zamonaviy to‘lov yechimlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda tijorat banklari va to‘lov xizmatlari ishtirokchilari bilan hamkorlikda mavjud jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Uchrashuvda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun xalqaro hisob-kitoblar, shartnomaviy munosabatlar, bank kafolatlari, akkreditivlar hamda moliyaviy xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarga xalqaro amaliyotda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ehtiyot choralariga rioya qilish, hisob-kitob jarayonlarida axborot xavfsizligi talablarini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, muloqotda islomiy moliya instrumentlariga qiziqish bildirgan tadbirkorlarning takliflari ham eshitildi. Tijorat banklari tomonidan ushbu yo‘nalishda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Energiya resurslari bilan bog‘liq talablar va ishlab chiqarish sharoitlari o‘zgarishi natijasida ayrim tadbirkorlar tomonidan ilgari olingan kreditlar bo‘yicha amaldagi shartlarni qayta ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarildi. Ushbu murojaatlar tegishli tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilishi qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatni kengaytirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, xususan, quyosh panellarini joriy etish uchun qulay moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Uchrashuvda tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirish, qo‘shni davlatlar, jumladan Afg'oniston bozorlariga mahsulot chiqarish imkoniyatlari va tashqi savdo hisob-kitoblarini samarali tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

Ochiq muloqot yakunida ko‘tarilgan murojaat va takliflar mas’ul tashkilotlar hamda tijorat banklari tomonidan o‘rganib chiqilishi belgilandi. Har bir masala bo‘yicha amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

Markaziy bank tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarni davom ettirish, bank xizmatlari sifatini oshirish, biznes vakillari uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish hamda mavjud masalalarni joyida o‘rganishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

USD = 12076.18
+20.37
EUR = 13995.09
-13.76
RUB = 169.47
+0.41
GBP = 16161.55
-2.88
JPY = 75.92
+0.14
CHF = 15276.64
-38.16
CNY = 1774.86
+3.74
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X