Islomiy bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlariga Malayziyaning nufuzli INCEIF universitetidan ekspert — Dr. Ziyaad jalb qilingan.
Ekspertning 2026-yil 18–22-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tashrifi doirasida dastlabki uchrashuv va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Markaziy bankda Islomiy moliya kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarda islomiy moliya boshqaruv tizimini joriy etish, ularga nisbatan prudensial talablarni belgilash hamda sohaga oid boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif doirasidagi uchrashuv va muhokamalar hafta davomida davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular islomiy moliya sohasida xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy tartibga solish mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Islomiy bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish masalalari muhokama qilinmoqda
Yangilangan sana: 20 May 2026, 19:21