Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Xususiy brokerlik kompaniyasining lisenziya blankasi soxtalashtirilgani aniqlandi

Yangilangan sana: 17 Apr 2021, 14:40
16 Apr 2021

Internet saytlari va turli xil ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan “PRIME CAPITALS” xususiy brokerlik kompaniyasining lisenziya blankasi Markaziy bank tomonidan tijorat bankiga “bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun” berilgan amaldagi lisenziya blankasiga o‘xshatma shaklida soxtalashtirilganligi aniqlandi.

Markaziy bank “PRIME CAPITALS” xususiy brokerlik kompaniyasiga “bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun” lisenziya berilmaganini ma'lum qiladi.

Firibgar kompaniya yoki firmalar tomonidan Markaziy bankning lisenziya blankasini soxtalashtirish orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli noqonuniy harakatlardan himoyalanish maqsadida Markaziy bank fuqarolarni shubhali firmalarning xizmatlaridan foydalanmaslikka, hujjatlar bilan ishlashda e'tiborliroq bo‘lishga chaqiradi.

Shu bilan birga, Markaziy bankning rasmiy blankasida chop etilgan lisenziyalar taqdim etilgan holatlarda undagi ma'lumotlarni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida (www.cbu.uz) mavjud bo‘lgan lisenziyalangan va ro‘yxatga olgan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan solishtirib ko‘rishni tavsiya etadi.

Bu o‘z navbatida, fuqarolarning kelgusida moliyaviy bozordagi xizmatlardan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli tushunmovchilik va nizoli holatlar kelib chiqishining oldini oladi.

USD = 12097.33
-31.13
EUR = 14233.72
-70.59
RUB = 160.53
+1.49
GBP = 16354.38
-57.85
JPY = 76.12
-0.14
CHF = 15481.61
-18.02
CNY = 1774.40
-3.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X