Markaziy bankda oʼzaro bilimlar almashinuvi boʼyicha hamkorlik dasturi doirasida Koreya banki, Koreyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish instituti tadqiqot guruhi vakillari bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Unda moliyaviy barqarorlik va makroprudentsial siyosat boʼyicha hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarga toʼxtalib oʼtildi. Xususan, hamkorlik dasturining uchta bosqichida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari hamda ishlab chiqilgan takliflar batafsil muhokama etildi.
Oʼz navbatida, tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan mamlakatimizda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash hamda samarali makroprudentsial siyosat asoslarini mustahkamlash borasida tegishli choralar koʼrilishi bildirildi.
Koreya banki va Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish instituti vakillari bilan uchrashuv va seminarlar tashkil etildi
Yangilangan sana: 12 Yan 2023, 12:23