Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2025-yil uchun mahalliy tizimli ahamiyatga molik banklar belgilandi

Yangilangan sana: 14 Noy 2024, 09:43
13 Noy 2024

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2023-yil 18-fevraldagi 4/13-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan 2025-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxatini tasdiqladi. 2024-yil 1-oktabr holatiga ularning O‘zbekiston bank tizimining aktivlardagi ulushi 67 foizni tashkil etmoqda.

Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalanildi:

  • bankning aktiv va majburiyatlari hajmi;
  • bankning bank tizimi ishtirokchilari bilan o‘zaro bog‘liqligi;
  • bankning qamrovi;
  • bank operatsiyalari murakkabligi.

Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash bo‘yicha hisob-kitob natijalariga ko‘ra, Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan quyidagi banklar 2025-yil uchun mahalliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilanmoqda:

  • “O‘zmilliybank” AJ
  • “Agrobank” ATB
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB
  • AT “Xalq banki”
  • “Ipoteka-bank” ATIB
  • “Kapitalbank” ATB
  • “Asakabank” AJ

O‘z navbatida, tizimli ahamiyatga molik deb topilgan banklar uchun alohida bank nazorati o‘rnatiladi. Tizimli ahamiyatga molik banklarning to‘lovga qobiliyatli bo‘lishi nafaqat moliya tizimining, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

USD = 12136.92
+14.85
EUR = 14191.70
+4.03
RUB = 159.99
+3.6
GBP = 16316.88
+61.18
JPY = 76.48
-0.24
CHF = 15297.35
+9.08
CNY = 1742.26
+1.56
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X